Habib Nurmagomedov qaysi sport turiga o’tadi ?

UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov tez orada katta sportga qaytishiga shama qildi. Mashhur sportchi ijtimoiy tarmoqda yugurish yo‘lakchasidagi mashg‘ulotdan videoni joylashtirdi va unga qiziqarli izoh berdi.
«Iyulgacha tayyor bo‘lishim kerak. Lekin MMA emas», deb yozdi u.
Kurashchi bu avvalgidek aralash janglar bo‘lmasligiga ham aniqlik kiritdi. Biroq tafsilotlarni oshkor qilmadi.
Habib Nurmagomedov o‘zining so‘nggi jangini 2020 yilning kuzida o‘tkazib, amerikalik sportchi Jastin Getjini mag‘lub etgan edi. Yengil vazn toifasida UFC chempioni unvonini himoya qilgan rossiyalik professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
2020 yil iyul oyida Nurmagomedovning otasi vafot etdi. Shundan so‘ng u oktagonga kirmaslikka va’da bergan edi.
Habib faoliyati davomida aralash yakkakurashlar bo‘yicha 29 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Loading

1410cookie-checkHabib Nurmagomedov qaysi sport turiga o’tadi ?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan