Murodjon Ahmadaliyev kimga yutqazdi ?

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (11-1, 8 KO) navbatdagi jangini IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar Marlon Tapalesga (37-3, 19 KO) qarshi o‘tkazdi.

Ushbu bellashuv O‘zbekiston vaqti bilan 9 aprel tongida San-Antonio (AQSH) shahrida o‘tkazilgan boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Jang to‘liq davom etdi va yakunda hakamlarning turli qarori bilan Filippin vakili g‘olib deb topildi.

Birinchi raund deyarli zarbalarsiz o‘tdi, so‘nggi soniyalarda yo‘llangan bitta zarba orqali Tapales raundni o‘z foydasiga hal qildi. Keyingi ikki raundda ham filippinlik bokschi biroz faol bo‘ldi.

To‘rtinchi raundga kelib Murodjon faollik qo‘shdi va zarbalarini o‘tkaza boshladi. 5-raundda teng kurash kechgan bo‘lsa, keyingi ikki raundda Ahmadaliyev faolroq bo‘ldi. 8-raund o‘rtacha tempda o‘tdi. 9 va 10-raundlarda Murodjon qator zarbalar seriyasini amalga oshirdi.

11-raund biroz sokin ruhda o‘tdi. So‘nggi raundda esa o‘zbekistonlik boksichi raqibini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Hakamlar qarori esa quyidagicha bo‘ldi — 118:110, 113:115, 113:115.

Shu tariqa Ahmadaliyev professional boksdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. WBA va IBF kamarlari esa Tapalesga o‘tdi.

Loading

1370cookie-checkMurodjon Ahmadaliyev kimga yutqazdi ?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan