Qurbon hayit bayrami sanasi qaysi kuni 2023

⚡️Rasman: Qurbon hayiti 28 iyun kuni nishonlanadi

Bu haqda qo’shni Turkmanistonda allaqachon ma’lum qilingan.  O’zbekistonda ham Qurbon hayiti 28 iyun kuni nishonlanadigan bo’lsa, fuqarolar ketma-ket 5 kun dam oladi:

• 28 iyun (chorshanba) – dam olish kuni
• 29 iyun (payshanba) – dam olish kuni
• 30 iyun (juma) – dam olish kuni
• 1 iyul (shanba) – dam olish kuni
• 2 iyul (yakshanba) dam olish kuni.👇

Avvalgi xabar …

O‘zbekistonda joriy 2023 – yildagi Qurbon hayiti bayrami tahminan 29 –  iyun kuni nishonlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon hayiti 21 – aprel juma kuni bayram sifatida nishonlangandi.

Hayit (arab. iyd — bayram) — musulmonlarning diniy bayrami. Islom anʼanasida ikkita Hayit rasman diniy bayram sifatida nishonlanadi: katta Hayit yoki qurbon Hayiti (arab. iyd al-kabir, iyd al-adho) va kichik Hayit yoki roʻza Hayiti (arab. iyd as-sagʻir, iyd al-fitr). Qur-bon Hayiti haj marosimi va qurbonlik qilish bilan, roʻza Hayiti esa ramazon oyi nihoyasida ogʻiz ochish bilan bogʻliq. Qur-bon Hayiti hijriy zu-l-hijja oyining 10-kunida, roʻza Hayiti esa shavvol oyining 1-kunida bayram qilinadi. Hayitda masjidda ertalab Hayit namozi oʻqish, roʻza Hayitida fitr-sadaqa berish (Hayit namozidan oldin), qurbon Hayitida esa qurbonlik qilish va shahrik. islom bilan bogʻliq marosimlar yuzaga kelgan. Hayitdagi bu marosimlarga koʻp joylarda xalqlarning mahalliy odatlari — arafa kuni osh ulashish, yangi kiyim kiyish, «hayitlik» berish, sayil qilish, yaqin odamlarini koʻrish va h.k. ham qoʻshilib ketgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, qurbon Hayiti ham, roʻza Hayiti ham umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan boʻldi.

Loading

1622cookie-checkQurbon hayit bayrami sanasi qaysi kuni 2023

6 thoughts on “Qurbon hayit bayrami sanasi qaysi kuni 2023

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan