Qurt tushirish uchun tabiiy vosita – Rikki ayiqchalari

Ko‘rinmas “dushmanlar” qo‘shini: Bolalarda gijja qurtlari qanday paydo bo‘ladi ?

Gijja qurtlari muammosi farzand voyaga yetkazayotgan har bir ota-onani tashvishga solishi bor gap. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, kichkintoylarning 80-85%i organizmida gijja qurtlari “hayot kechiradi”. Gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish kasallikning paydo bo‘lish ehtimolini nisbatan kamaytirsa ham, bolalarni parazitlardan butkul himoyalash imkonsiz.

Gijja qurtlari qayerdan paydo bo‘ladi va bolalar organizmiga qanday qilib tushib qoladi? Ularga qarshi kurashish usullari, gijja qurtlaridan himoyalanish choralari va qurtlarni tushirishga yordam beradigan tabiiy vositalar haqida quyida so‘z yuritamiz.

Tibbiyotda inson organizmiga joylashib olib, uning hisobiga hayot kechiradigan qurtlar – gelmintlar deb ataladi. Bu turdagi qurtlarni odatda bolalar juda tez yuqtirib olishadi. Bolalar organizmida gijja qurtlari borligini qancha erta aniqlasangiz, ularni shunchalik tez yo‘q qilish va organizmga yetkaziladigan zararning oldini olish mumkin bo‘ladi.

Gelmintlarning turlari:

Shifokorlar gijja qurtlarini ikkita asosiy turga bo‘lishadi:

  • Dumaloq (nematodlar)
  • Yassi (tasmasimon va so‘rg‘ichli qurtlar)

Kasallikning sabablari

Gijja qurtlari, lichinka va tuxumlari bolalar o‘ynab yuradigan joylarda keng tarqalgan. Kichkintoylar gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qila olmasliklari hisobiga qurtlar ularning organizmiga osonlikcha kirib boradi. Gijja qurtlarining tuxumi kasallikka chalingan bemor yoki organizmida parazitlarni tashib yurgan jonivor axlati bilan ajralib chiqadi, shu tufayli kasallikni jamoat hojatxonalarida, maktablar, bolalar o‘yin maydonlarida yuqtirib olish xavfi o‘ta yuqori bo‘ladi.

Shuningdek, gijja qurtlari bolalar organizmiga quyidagi usullar bilan kirib borishi mumkin:

  • Gijja tuxumi bilan zararlangan sifatsiz suv yoki oziq-ovqat mahsulotini iste’mol qilish;
  • Bemorning shaxsiy buyumlari (sochiq, o‘yinchoq, choyshab va h.k) dan foydalanish;
  • Yaxshi ishlov berilmagan meva hamda sabzavotlarni tanovul qilish;
  • Uydagi va ko‘chadagi jonivorlar bilan o‘ynash.

Belgilari qanday ?

Parazit qurtlar keltirib chiqaradigan kasalliklarning ikkita – o‘tkir va surunkali turlari mavjud.

O‘tkir gelmintoz turida qurtlar organizm ichiga kirib olgach, immun tizimining tezkor reaksiyasini keltirib chiqaradi. Bu odatda allergiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi va ota-onalar gelmintozni shuning uchun ham odatiy allergiya bilan adashtirib qo‘yishadi.
Surunkali gelmintozning belgilari esa juda ko‘p. Belgilar odatda parazitlarning qaysi tana a’zosida joylashgani, ularning soni va organizmning o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq bo‘ladi.

Bola organizmida gijja qurtlari borligining umumiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • Holsizlik va charchoq;
  • Tana haroratining ko‘tarilishi;
  • Ko‘zlar ostidagi “qora halqalar”;
  • Teridagi toshmalar;
  • Ishtaha bilan bog‘liq muammolar;
  • Ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
  • Og‘izdan noxush hid kelishi;
  • Qorin sohasidagi og‘riq hissi;
  • Ich ketishi yoki qabziyat;
  • Keskin ozib ketish va h.k.

Shu bilan birga parazitlar o‘zlari joylashib olgan tana a’zosini ishdan chiqarishlari ham mumkin. Misol uchun, gijja qurtlari jigarga hujum qilgan bo‘lsa, tananing o‘ng tomonida og‘riq, ko‘ngil aynishi, teri sarg‘ayishi kabi belgilar paydo bo‘ladi. Qurtlar o‘pkaga borib joylashsa, tana harorati ko‘tariladi, yo‘tal kuzatilishi mumkin. Bunday bolalar immun tizimining zaiflashgani hisobiga juda tez kasal bo‘ladilar.

Profilaktikasi

Kichkintoylarni gijja qurtlaridan to‘liq himoyalash imkonsiz bo‘lsa-da ularni yuqtirib olish xavfini nisbatan kamaytirish mumkin. Buning uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur.

  • Bolani shaxsiy gigiyena qoidalariga o‘rgating;
  • Kichkintoyning qo‘llari har doim toza bo‘lishiga e’tibor bering;
  • Bolalarga faqat toza va sifatli suv ichiring;
  • Meva, sabzavot va ko‘katlarni tanovul qilishdan avval yaxshilab yuving;
  • Go‘sht va baliq mahsulotlarini chala pishirmang;
  • Uy hayvonlarini o‘z vaqtida emlating va gijja qurtlariga qarshi vositalar bilan himoya qiling.

Kasallik asoratlari

Gijja qurtlaridan imkon qadar tezroq qutulmaslik jiddiy asoratlarga olib keladi:

  • Ichaklar faoliyati bilan bog‘liq muammolar;
  • Teri rangining sarg‘ayib ketishi;
  • Pankreatit;
  • Teridagi yiringlar;
  • Ko‘richak;
  • O‘pka yetishmovchiligi;
  • Ko‘rish qobiliyatining susayishi;
  • G‘ilaylik;
  • Ichak devorlarining shikastlanishi;
  • Peritonit;
  • Ensefalit; megingoensefalit va h.k.

Tabiiy vosita

Gijja qurtlarini tushirishga yordam beradigan samarali va tabiiy vosita izlayotgan bo‘lsangiz, “Rikki” marmeladli “ayiqcha”lari aynan siz uchun!
Antiparazitar xususiyatga ega bo‘lgan mahsulot o‘z tarkibida gijjalarga qarshi kurashishda yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan pektin, papayya va achchiq tarvuz sharbati, asal, novvot va olma kukunini jamlagan.

“Rikki” mahsuloti marmelad ko‘rinishida ishlab chiqariladi va bu dori-darmon ichishni xush ko‘rmaydigan bolalar uchun eng yaxshi tanlov bo‘ladi. Ular mahsulotni bajonidil iste’mol qilishadi va gijjalardan osongina qutulishadi.

“Rikki”ning foydali xususiyatlari:

  • Organizmni parazit va toksinlardan tozalaydi;
  • Gijja qurtlaridan zararlangan jigar faoliyatini qayta tiklaydi;
  • Tanaga kuch-quvvat, kichkintoyga a’lo kayfiyat bag‘ishlaydi;
  • Oshqozon-ichak tizimi faoliyatini rag‘batlantiradi;
  • Immun tizimi ishini yaxshilaydi;
  • Asablarni tinchlantiradi va uyqu buzilishlarining oldini oladi.

Mahsulot haqida yanada batafsil ma’lumot olish uchun hoziroq qo‘ng‘iroq qiling: +998712032227

Loading

380cookie-checkQurt tushirish uchun tabiiy vosita – Rikki ayiqchalari

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan