Ramazon hayit bayrami sanasi qaysi kuni 2023

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan maʼlumotlarga ko‘ra, 1444-hijriy Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini taʼlimotlari va mazkur astranomik maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Prezidentning “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:

  • 22-aprel —shanba;
  • 23-aprel — yakshanba;
  • 24-aprel — dushanba (ko‘chirilgan dam olish).

Yaʼni 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29-aprel — shanba esa ish kuni bo‘ladi.

Agar 22-aprel — shanba O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida O‘zbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21-aprel — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

O‘zbekistonda Ramazon hayitining 1-kunini belgilashda Astronomiya institutining hilol – yangi oyni koʼrish haqidagi maʼlumoti va Oʼzbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asos qilib olinadi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayitining sanasi – ishchi guruhning hilolni kuzatish to‘g‘risidagi oxirgi ma’lumotlari olingandan keyin, 2023 yil 20 aprel kuni e’lon qilinishini bildirdi. Shuningdek, diniy idora ibodat masalasida doim ehtiyot bo‘lishga hamda hayit kunini belgilash atrofidagi ma’lumotlarni turlicha talqin qilmaslikka chaqirdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun ulamolar va malakali mutaxassislardan tuzilgan ishchi guruh yangi Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlikda kuzatib bormoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ishchi guruhi vakillari AQSh, Turkiya, Janubiy Koreya va Rossiya mintaqalarida ham kuzatish ishlarini olib bormoqda.

«Xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil Ramazon hayiti kuni, ya’ni Shavvolning yangi oy fazasi shu yil 20 aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da, Saudiya Arabistoni vaqti bilan esa 07:12 da sodir bo‘ladi. Astronom olimlar xulosasiga ko‘ra, shu kuni Shavvol oyi hiloli O‘zbekiston hududida ko‘rinmasa-da, lekin dunyoning ayrim mintaqalarida ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, Hanafiy fiqhi manbalarida bir makonda yangi hilol ko‘rilishi dunyodagi jami musulmonlarga Ramazon hayitini nishonlashni joiz qiladi. Bunga hanafiy, molikiy va hanbaliy mazhablaridan iborat jumhur ulamolar ittifoq qilishgan», deyiladi idora xabarida.

Shar’iy masalalar va astronomik hisob-kitoblarga tayangan holda Shavvol oyi hiloli 2023 yil 20 aprel kuni Yer yuzining ayrim hududlarda kuzatiladi. Shu bois, Ramazon hayiti kuni 2023 yil 21 aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida dastlabki xulosalar qilinmoqda. Aytish mumkinki, AQSh, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi bir qator davlatlar tomonidan joriy yil 21 aprel, juma kuni Ramazon hayiti deb e’lon qilingan.

«Falakiy hisob bo‘yicha hayit kuni ma’lum bo‘lsa-da, Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «Yangi oyni ko‘rib ro‘za tutinglar va yangi oyni ko‘rib hayit qilinglar», degan hadisi shariflariga asosan mazkur Ishchi guruhining AQSh, Turkiya va G‘arb davlatlardagi vakillarining hilolni kuzatish to‘g‘risidagi oxirgi ma’lumotlari olingandan keyin 2023 yil 20 aprel kuni yakuniy xulosalar taqdim etiladi», deyiladi Musulmonlar idorasi bayonotida.

Diniy idora ibodat masalasida doim ehtiyot bo‘lishga chaqirib, Ramazon ro‘zasining boshlanishi va tugashi faqat yurt muftiysi tomonidan e’lon qilinishini ta’kidlagan.

Shuningdek, internet saytlari yurituvchilari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan ushbu masalada turli xabarlarni tarqatish orqali xalqni asl vaziyatdan chalg‘itmaslikni iltimos qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam olishi belgilangan.

Agar Ramazon oyi 30 kun davom etib, hayit 22 aprel kuni bo‘lsa, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari:

22 aprel — shanba;
23 aprel — yakshanba;
24 aprel — dushanba (ko‘chirilgan dam olish).

Ya’ni 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29 aprel — shanba esa ish kuni bo‘ladi.

Agar Ramazon hayiti 21 aprel kuniga to‘g‘ri kelsa, dam olish kunlarida ham o‘zgarish bo‘ladi. Bunda ikki xil variant bor:

  • dushanbadagi dam olish kunlari to‘liq bekor qilinib, shanba kuni 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish deb e’lon qilinishi mumkin. Natijada juma, shanba va yakshanba 3 kun dam olish kuni bo‘ladi;
  • dushanbadagi dam olish kunlarini saqlagan holda shanba kunida 6 kunliklar uchun yana bitta qo‘shimcha dam olish kuni beriladi. Natijada juma, shanba, yakshanba va dushanba 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.

Loading

1540cookie-checkRamazon hayit bayrami sanasi qaysi kuni 2023

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan