Navro’z bayrami uchun tabriklar

Assalomu alaykum, Qadrli yurtdoshlar!

Sizni yurtimizning yangilanish fasli bahor hamda ajoyib bayram «Navro’z» ayyomi bilan chin dildan qutlayman! Ushbu kunda sizni quvonch va shodlik tark etmasin! Yurtimiz O’zbekistonning yangi yilida yangi orzularingiz amalga oshsin! Bugungi Navro’z ayyomini ko’tarinki kayfiyatda o’tkazishingizni tilab qolaman! Yana bir bor Navro’z ayyomi muborak bo’lsin!


Ezgu tilaklarim guldasta bo’lsin,
Dildagi so’zlarim dildasta bo’lsin.
Baxt va omad sizga payvasta bo’lsin,
Bugungi bayramingiz muborak bo’lsin!
Navro’z bayrami muborak!!!


Azizam baxt iqbol doim yor bo’lsin,
Yurgan yo’llaringiz gullarga to’lsin.
Omadingiz ko’rib ko’zlar quvonsin,
Navroʼz ayyomingiz muborak boʼlsin!

Soginchlardan yasay sizga guldasta,
Guldasta qilib qalbim payvasta.
Olislardan turib deyman men asta,
Navroʼz ayyomingiz muborak boʼlsin!


Tilayman Gullarning Iforlarini,
Salobatli Tog’lar Viqorlarini,
Unuting Dunyoning G’uborlarini,
Navro’z Ayyomingiz Muborak Do’stlar!


Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin! Yurtimiz uchun yangilanish fasli va bugungi yangi yil kuni muborak bo’lsin! Bayram kayfiyati sizlarni yil davomida tark etmasin!


Qishdan o’tib mana baxorga keldik,
Navro’z ayyomi bilan qutlayman sizni.
Yangi, kun, yangi yil xalqimiz uchun,
Baxt va omad tark etmasin sizni!


OLLOHning nazari sizlarga bo’lsin,
Qalbingiz yanada iymonga to’lsin,
Shukrkim yetkazdi ulug’ kunlarga,
NAVRO’Z ayyomingiz muborak bo’lsin,
Har bir kuningiz bayramdek o’tsin!


Bahor gullaridan guldasta sizga,
Chin qalbim tabrigi payvasta sizga.
Bir asr yashang-u, yana nim chorak,
NAVRO’ZI OLAM bo’lsin muborak!


Navro’z — yangilanish, yasharish bayrami muborak bo’lsin. Hammani xonadonidan to’kin-sochinlik, qut-baraka arimasin!


Sog’inchlardan yasay sizga guldasta,
Guldastaga qilib qalbim payvasta.
Olislardan turib deyman men asta,
Navro’zi olam muborak bo’lsin!

Loading

4380cookie-checkNavro’z bayrami uchun tabriklar

One thought on “Navro’z bayrami uchun tabriklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan