Jarohatga dori qo’yilsa ro’za ochiladimi ?

Savol: Jarohatlarga dori qo‘yilsa ro‘za ochiladimi?

Javob: Fuqaholar ikki turdagi jarohatga dori qo‘yilsa, ro‘za ochiladi deb ittifoq qilishgan:

a) Boshning miyagacha yetib boradigan chuqur jarohati;

b) oshqozonga yetib boradigan jarohat;

Bu ikki jarohat miya bilan oshqozonga bevosita narsa yetib borishiga olib boruvchi jarohatdir. Oshqozon va miyaga yetib boradigan chuqur jarohatga qo‘yilgan dori u joylarga yetib borsa, Abu Hanifa rahmatullohi alayhning nazdida ro‘za ochiladi. Bulardan boshqa jarohatlar, qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar, ro‘zani ochmaydi,chunki bu jarohatlarga qo‘yilgan dorilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oshqozon va miyaga yetib bormaydi. Agar boldirning ichiga dori yetib borsa yoki unga pichoq yo shu kabi narsa sanchib olinsa, tig‘i iligigacha yetib borsa, shak-shubhasiz ro‘za ochilmaydi, chunki u ichkari a’zo hisoblanmaydi.

Manba : islom.uz

Loading

1300cookie-checkJarohatga dori qo’yilsa ro’za ochiladimi ?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan