Qadr kechasi ( Laylatul qadr ) 2024 yil sanasi

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam «Laylatul qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kechasining toq (kecha)laridan izlanglar», deganlar.

Qadr kechasining 1 soniyasi 23 soatdan afzal, 1 minuti 58 kundan afzal, 1 soati 9 yilu 8 oydan afzal, 1 kechasi 83 yilu 3 oydan afzaldir.

Bu yilgi ramazon oyining oxirgi toq kechalari:

21 – kecha: 30 – mart (shanba)dan — 31 – mart (yakshanba)ga o‘tar kechasi;

23 – kecha: 1 – aprel (dushanba)dan — 2 – aprel (seshanba)ga o‘tar kechasi;

25 – kecha: 3 – aprel (chorshanba)dan — 4 – aprel (payshanba)ga o‘tar kechasi;

27 – kecha: 5 – aprel (juma)dan — 6 – aprel (shanba)ga o‘tar kechasi;

29 – kecha: 7 – aprel (yakshanba)dan — 8 – aprel (dushanba)ga o‘tar kechasi.

Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam (oxirgi) o‘n kunlik kirib kelsa belbog‘larini mahkam bog‘lardilar, kechalarini tiriltirar va ahllarini uyg‘otardilar».

Rasmiy ma’lumot e’lon qilinsa biz albatta xabardor qilamiz !!!

Loading

2970cookie-checkQadr kechasi ( Laylatul qadr ) 2024 yil sanasi

3 thoughts on “Qadr kechasi ( Laylatul qadr ) 2024 yil sanasi

  1. Assalomu aleykum.
    Toq kecha Ramazonning 21, 23, 25, 27 va 29-kuni tugaganidan keyingi emas, balki boshlanishidan avvalgi kechalar nazarda tutilgan. Ya’ni 20 dan 21-kuniga, 22 dan 23-kuniga va hokazo. Shunga ko’ra, 2024-yilning:
    30-dan 31-martga o’tar kechasi,
    1-dan 2-aprelga o’tar kechasi,
    3-dan 4-aprelga o’tar kechasi,
    5-dan 6-aprelga o’tar kechasi,
    7-dan 8-aprelga o’tar kechasidan birida Laylatul Qadr bo’ladi, vallohu a’lam.
    Shularni e’tiborga olib, din vakillari bilan maslahatlashib, maqoladagi xatolikni to’g’rilab qo’yishingizni so’raymiz.
    Xizmatlaringizdan Alloh rozi bo’lsin, raxmat.

  2. Assalomu aleykum qadr kechasi 3 apreldan 4 aprelga õtar kechasi deyilibdi lekin Man Hozır 3 aprel soat 2 dan keyin tahajjud namozini qildim eng ajablanarlisi farishtalarning ichida nomoz qilidim ular manni aylanib Nur sochib turdi aniq farishtalarning yuzini jismini kõrmadim yolğon gapirmiman lekin ularni nurlarini kõrdim aylanib turishdi Man Nur ichida nomoz qildim bu nima degani agan 3 dan 4 ga õtar kechasi bõlsa qadr kechasi . Bu nima edi kimdur tushuntiroladimi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan