O’zbekistonda ham Qurbon hayiti 16 iyun yakshanba etib belgilanishi kutilmoqda
Agar 16 iyun bo’lsa, O’zbekistonliklar 3 kun ketma-ket dam oladi, hatto Qurbon hayiti 16 iyun kuni nishonlansa ham.
• 15 iyun – shanba
• 16 iyun – Hayit bayrami
• 17 iyun – qo’shimcha dam olish kuni
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 11 – martdan boshlab ramazon oyi kirib keldi, Ramazon hayiti esa 10 – aprel, chorshanba kuni bayram sifatida nishonlandi.
Rasmiy ma’lumot e’lon qilinsa biz albatta xabardor qilamiz.
Hayit (arab. iyd — bayram) — musulmonlarning diniy bayrami. Islom anʼanasida ikkita Hayit rasman diniy bayram sifatida nishonlanadi: katta Hayit yoki qurbon Hayiti (arab. iyd al-kabir, iyd al-adho) va kichik Hayit yoki roʻza Hayiti (arab. iyd as-sagʻir, iyd al-fitr). Qur-bon Hayiti haj marosimi va qurbonlik qilish bilan, roʻza Hayiti esa ramazon oyi nihoyasida ogʻiz ochish bilan bogʻliq. Qur-bon Hayiti hijriy zu-l-hijja oyining 10-kunida, roʻza Hayiti esa shavvol oyining 1-kunida bayram qilinadi. Hayitda masjidda ertalab Hayit namozi oʻqish, roʻza Hayitida fitr-sadaqa berish (Hayit namozidan oldin), qurbon Hayitida esa qurbonlik qilish va shahrik. islom bilan bogʻliq marosimlar yuzaga kelgan. Hayitdagi bu marosimlarga koʻp joylarda xalqlarning mahalliy odatlari — arafa kuni osh ulashish, yangi kiyim kiyish, «hayitlik» berish, sayil qilish, yaqin odamlarini koʻrish va h.k. ham qoʻshilib ketgan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, qurbon Hayiti ham, roʻza Hayiti ham umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan boʻldi.