Taroveh namozi o’qilish tartibi qanday ?

Taroveh namozini o‘qish erkak va ayolga sunnati muakkadadir. Taroveh namozi ramazon oyida xufton namozidan so‘ng, vitr namozidan oldin o‘qiladi. Taroveh yigirma rakatdir. Har ikki rakatdan so‘ng salom beriladi. Har ikki salomdan so‘ng, ya’ni to‘rt rakatdan keyin va vitr namozi bilan taroveh namozining oxirgi salomi o‘rtasida bir oz orom olinadi. Bu mustahabdir. Bu vaqtda tasbeh aytish yo qiroat qilish yoki tek o‘tirish mumkin.

Taroveh namozini jamoat bilan o‘qish erkaklarga sunnati kifoyadir. Taroveh namozining bir necha qismiga kechikib jamoatga qo‘shilgan kishi vitr namozini jamoat bilan o‘qigach, tarovehning qolgan rakatlarini o‘zi o‘qib oladi.

Turib o‘qishga qodir kishi taroveh namozini o‘tirib o‘qishi makruhdir. Shuningdek, imom ruku’ga borguncha unga iqtido qilmay, kutib turish ham makruh bo‘ladi. Taroveh namozini tez o‘qish niyatida shoshib qiroat qilinmaydi, ta’avvuz, tasmiya, salovot, qavma va jalsa tark etilmaydi.

Loading

3652cookie-checkTaroveh namozi o’qilish tartibi qanday ?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan