Vladimir Putin haqida to’liq ma’lumot

Vladimir Vladimirovich Putin (rus: Влади́мир Влади́мирович Пу́тин; 7-oktabr, 1952-yil, hozirgi Sankt-Peterburg shahri) — Rossiya davlat arbobi. Rossiya Federatsiyasining ikkinchi va toʻrtinchi Prezidenti, sobiq Rossiya Bosh Vaziridir. U Boris Yelsin qaroriga binoan 1999-yilning 31-dekabridan prezident vazifasini bajaruvchi boʻlib, 2000-yil 7-mayda prezidentlik lavozimiga oʻtirdi. 2004-yili u ikkinchi muhlatga saylandi; 2008-yilning 7-mayida prezidentlik lavozimini Dmitriy Medvedevga boʻshatdi.

Putin 2012-yilgi Rossiya prezidentlik saylovida 64% ovoz yigʻib, uchinchi muhlatga saylandi. U prezidentlik lavozimini 2012-yil 7-mayida egallagan. Forbes jurnali uni Dunyoning eng qudratli kishisi deb baholagan.

Biografiyasi

Sankt-Peterburg universitining yuridik fakultetini tugatgan (1975). Oʻqishni tugatgach, Davlat xavfsizlik organlariga ishga yuborilgan. Germaniya Demokratik Respublikasida ishlagan (1985—1990).

  • 1990-yildan Sankt-Peterburg universiteti rektorining yordamchisi,
  • Sankt-Peterburg shahar kengashi raisi maslahatchisi. SanktPeterburg shahri meriyasida tashqi aloqalar boʻyicha qoʻmita raisi (1991—1994), ayni paytda Sankt-Peterburg hukumati raisining birinchi oʻrinbosari (1994—1996),
  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Ish boshqaruvchisi oʻrinbosari (1996—1998),
  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari — Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Bosh nazorat boshqarmasi boshligʻi (1997—1998), Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maʼmuriyati rahbarining birinchi oʻrinbosari (1998-yil may — iyul),
  • Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati direktori (1998-yil iyul — 1999-yil avgust), ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi (1999-yil mart — avgust).
  • Rossiya Federatsiyasi hukumat raisi (1999-yil avgust — 2000-yil may), ayni paytda 1999-yil 31-dekabrdan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi.
  • 2000-yildan 26-martdan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti (2004-yil 14-martda ikkinchi muddatga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti etib saylandi).
  • 2012-yil 7-maydan eʼtiboran yana Rossiya Federatsiyasi Prezidenti.

Shaxsiy hayoti

Oilali. 1983-yil 28-iyul kuni Lyudmila Aleksandrovnaga nikohlangan. Oʻzaro nikohdan ikki farzandi Mariya (1985-yil Sankt-Peterburgda tugʻilgan) va Katerina (1986-yil Drezdenda tugʻilgan) ismli qizlari bor. 6-iyun kuni „Rossiy 24“ telekanaliga intervyu bera turib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning turmush oʻrtogʻi ularning nikohi yakuniga etganini eʼlon qilishdi. Ushbu qadamni izohlab, Vladimir Putin bu „umumiy qaror“ boʻlganini maʼlum qildi. Oʻz navbatida, Lyudmila Putinaning qayd etishicha, soʻnggi vaqtlarda er-xotinlar „deyarli koʻrishishayotgani yoʻq, har birining oʻz hayoti bor“.

Loading

1711cookie-checkVladimir Putin haqida to’liq ma’lumot

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan