Diana Yagofarova 15 yillik tanaffusiga sabab bo‘lgan behayo video haqida so‘zlab berdi

“Super kelinchak” filmida bosh qahramonni mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar mehrini qozongan aktrisa Diana Yagofarova ijodidagi 15 yillik tanaffusga sabab bo‘lgan video hamda hozirda ajrim jarayonini boshdan kechirayotgani haqida so‘zlab berdi.

Diana Yagofarova shaxsiy hayoti haqida gapirar ekan, ayni paytda oilasidagi vaziyat haqida aytib o‘tdi.

— Nikohimiz yakunlanganiga bir yil bo‘ldi. Mana bir yildirki, men uydan ketishga qaror qildim. Biz hozirda ajrim jarayonidamiz. Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan do‘stona munosabatlarimizni saqlab qolamiz. Shuni aytishim kerakki, u farzandlariga juda yaxshi ota. Hozirda uch o‘g‘lim bor. Har doim mehribonlik uyidan bir qizaloqni asrab olishni orzu qilganman, — deydi aktrisa.

Diana Yagofarova turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan
Foto: Instagram

Aktrisa ijodidagi 15 yillik tanaffusga sabab bo‘lgan behayo video mavzusini uzil-kesil yopishni istashini aytib o‘tdi:

— Bu mavzuni uzil-kesil yopish uchun aytaman: bu video qayerdan tarqab ketganini bilmayman. Men 15 yil bu savolga javob bermadim. Chunki ushbu savolga o‘zimda ham javob yo‘q. Lekin odamlarning qasddan qanchalik jirkanch ishlarga borishini tushundim. Video juda katta ta’sir o‘tkazib, bir necha daqiqalar ichida butun hayotim barbod bo‘lgan. Men o‘shanda o‘z ishim, aktyorlik mahoratim va iste’dodim bilan butun mamlakatga mashhur edim. Ammo o‘sha video tufayli hammasi bir zumda yo‘qqa chiqdi. Bu dahshatli tushga o‘xshardi.

Qanchadir vaqt umuman ko‘chaga chiqmaganman. Keyinchalik ma’lum muddat odamlar ‘Siz o‘sha Dianamisiz?’, desa, ‘Yo‘q, u emasman’, derdim. Hatto o‘z shaxsiyatimdan ham voz kechgan paytlarim bo‘lgan. Bu mening o‘sha paytdagi himoya reaksiyam edi. Men u paytda 18 yoshli qizcha edim. O‘shanda mening orqamda bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerakligini o‘rgatuvchi bironta suyangan tog‘im bo‘lmagan. Men hammadan ham ko‘ra buvim bu voqealarga qanday munosabat bildirishidan qo‘rqqanman. Lekin buvim ushbu qayg‘uli holatda boshini baland tutgan holda meni qo‘llab-quvvatlagan. Qanchadir muddatga mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldim. O‘zbekistonda bir oy bo‘lmadim.

Buvim o‘shanda bu menga qarshi katta provokatsiya ekanligini aytib, meni yupatgan. Ular butun hayotim davomida yaxshi-yomon kunimda meni doim qo‘llab-quvvatlab turgan. Bu videoni kim tarqatganini bilmayman. Ammo undagi odamlar bizga juda o‘xshaydi. Video yashin tezligida tarqalib, uni hamma ko‘rdi. Yana bir narsani ta’kidlamoqchiman: o‘shanda ayollar huquqlarini himoya qilish hozirgidek rivojlanmagandi. Bugungi kunda bu yo‘nalish yaxshi tomonga o‘zgardi. Yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Ayollar huquqlari haqida ko‘p gapirilmoqda. Lekin afsuski, o‘sha paytda bu narsa yo‘q edi, — deydi Diana.

Diananing aytishicha, u o‘zini ko‘p sohalarda sinab ko‘rgan, biroq ularning hech biri kinochalik aktrisaga zavq bermagan.

— 15 yillik tanaffus paytida o‘zimni ko‘p sohalarda sinab ko‘rdim, lekin tushundimki, hech narsa menga kinodan oladigan zavqimni bermas ekan. Shuning uchun yana kinoga qaytishga qaror qildim. Ijodimga befarq bo‘lmagan insonlar uchun yangi seriallarda suratga tusha boshladim.

Loading

2030cookie-checkDiana Yagofarova 15 yillik tanaffusiga sabab bo‘lgan behayo video haqida so‘zlab berdi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan