Kalendar bo’yicha asosiy dam olish kunlar :
- 3-mart – yakshanba;
- 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni;
- 10-mart – yakshanba;
- 17-mart – yakshanba;
- 21-mart – Navroʻz bayrami;
- 24-mart – yakshanba;
- 31-mart – yakshanba.
“2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, 2024-yil mart oyida quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼiy nazar):
- 22-mart – juma.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
- 23-mart – shanba.
20812cookie-checkMart oyi dam olish kunlari 2024 – yil