Homilador yoki emizikli farzandi bor ayol ro’za tutsa bo’ladimi ?

Homilador yoki emizikli ayol ro‘za tutganda bolaga yoki o‘zining salomatligiga zarar yetishidan qo‘rqsa, ro‘za tutmaydi va keyinchalik ro‘zaning qazosini tutib beradi. Buni ular tajriba orqali bilishlari yoki tajribali, bilimdon musulmon (din-diyonatli) tibbiyot xodimi xabar berishi orqali aniqlab olishlari mumkin bo‘ladi. Imkon topganda qoldirilgan kunlarni har bir kuniga bir kundan qazosini tutib berishlari vojib bo‘ladi.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, homilador va emizikli ayollar ro‘za tutmaganlari uchun fidya bermaydi. Chunki ular kelajakda ro‘zaning qazosini tutishga qodir hisoblanadi.

Agar homilador va emizikli ayollar bolasi yoki joniga zarar yetmaydigan bo‘lsa, ro‘za tutishlari shart — yuqoridagi ruxsatlar ularga tegishli hisoblanmaydi. Ayniqsa bolalari taom yeyishga o‘rgangan emizikli ayollar bu borada taqvo bilan ish tutishlari lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

Ma’lumot uchun: Sizda shar’iy masalalarda savollar bo‘lsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Telegram’dagi @diniysavollar kanaliga, “savollar.muslim.uz” saytiga yoki fatvo bo‘limining 78-150-33-44 raqamli koll-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Loading

2780cookie-checkHomilador yoki emizikli farzandi bor ayol ro’za tutsa bo’ladimi ?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan