Twitter yangi logotipi ko’rinishi

Foto: Twitter
Twitter ijtimoiy tarmog‘i butun dunyoga tanish bo‘lib qolgan ko‘k qushcha ko‘rinishidagi logotipni Dogecoin kriptovalyutasi ramzi bo‘lmish it suratiga o‘zgartirdi.
Logotipdagi bu o‘zgarish doimiymi yoki vaqtinchami, hozircha ma’lum emas, ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Maskning o‘zi bu mavzuga izoh bermayapti.
O‘zgarishdan so‘ng Binance birjasida Dogecoin kriptovalyutasi narxi 30 foizga oshdi.
Ilon Mask Dogecoin kriptovalyutasini ommalashtirishdan charchamayapti. Ikki yil oldin, u Oyga kriptovalyutani yuborishga va’da berdi va 2022 yil may oyida u SpaceX kompaniyasi Dogecoin bilan to‘langan sun’iy yo‘ldoshni Oyga uchirishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Bundan tashqari, Ilon Mask egalik qiladigan Tesla kompaniyasi o‘zining ayrim mahsulotlari uchun to‘lov sifatida Dogecoin kriptovalyutasini qabul qilishga tayyorligi haqida bayonot bergan edi.

Loading

980cookie-checkTwitter yangi logotipi ko’rinishi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan